Google neyron tarmoqlar olamini ostin-ustun qildi – kompaniya uzoq kutilgan «GPT-4 qotili» Gemini-ni namoyish qildi. Hatto Geminidan foydalanish bepul bo’lib chiqdi.
Hozirda uchta versiya mavjud: eng tezkor Nano – u Pixel 8 Pro-ga integratsiya qilingan, Pro versiyani siz bemalol Bardda sinab ko’rishingiz mumkin va Ultra – 13 dekabrdan API orqali unga ham kirib foydalanish mumkin bo’ladi. Barcha modellar multimodaldir – ular rasm, audio va video bilan ishlashni qo’llab-quvvatlaydi. Sinovlarga ko’ra, Ultra modeli har jihatdan GPT-4 dan ustundir.