Hakerlar iPhone foydalanuvchilarini qanday kuzatishadi?

Odatda ko’pchilik hakerlar iPhone foydalanuvchilarini qanday kuzatishadi, degan savolga shunchaki kulib qo’yishadi. Negaki aksariyat foydalanuvchilar orasida iPhone qurilmalari buzib kirilishdan ancha (hatto to’liq) himoyalangan deb fikrlashadi. Aslida ham shundaymi?

Yo’q, huddi android o’rnatilgan qurilmalar kabi Apple qurilmalari ham birmuncha xavf ostidadir. Mana masalan yaqindagina hakerlar iPhone egalariga uchinchi tomon klaviaturalari yordamida josuslik qilishning yangi usuliga ega ekanliklari haqida ommaga ma’lum bo’ldi.

Объявления

Hakerlar iPhone foydalanuvchilarini qanday kuzatishadi?

Britaniyaning Certo Software kompaniyasi mutaxassislarining xabar berishlaricha, hakerlar o’z nazoratiga olishni istagan foydalanuvchilariga xavfli ilovani sotishgan.

E’tiborli jihati, ushbu ilova bilan birga qurilmaga begona klaviatura ham o’rnatilgan. U orqali yozilgan barcha ma’lumotlar saqlanib, hakerlarning serverlariga uzatib turilgan. Ular bu zararli klaviaturani TestFlight dasturchilar guruhi orqali o’rnatishga muvaffaq bo’lishgan. Aytgancha, foydalanuvchilar bu josus dasturni o’rnatishlaru uchun 30$ pul ham to’lashgan.

Hakerlar iPhone foydalanuvchilarini qanday kuzatishadi? was last modified: Dekabr 11th, 2023 by Сисадмин