Yangi AMD protsessorlari AM5 soketini saqlab qoladi, biroq Intel bu borada yana o’zgarish qilish niyatida. Har ikkala kompaniya ham o’zining keyingi avlod shaxsiy kompyuter protsessorlarini 2024 yilning uchinchi choragida taqdim etilishi ma’lum qildi.
Aslida Intel Meteor Lake protsessorlarini taqdim etdi, ular mutlaqo yangi, lekin birinchidan, faqat noutbuklarda mavjud, ikkinchidan, ular global bozorga juda oz yangilik olib keladi. Ya’ni Intelning bu yangi mahsuloti aytarlik yangilik bo’lmadi. AMD esa hali hech narsa taqdim etmagan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, kelasi yilning uchinchi choragigacha kutishimiz kerak bo‘ladi.